Toşkent axborot texnologiyalari universitetida rektor özgardi. «Gazeta.uz» naşri Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 fevraldagi qaroriga asoslangan holda xabar qilişiça, endi Ötkir Hamdamov universitetning yangi rahbari etib tayinlangan.

Bundan oldin Ötkir Hamdamov TATUning «Telekommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti dekani sifatida faoliyat körsatgan.

U yangi lavozimida Hakim Muhiddinovni almaştirgan. Hakim Muhiddinov bundan oldin turli yillarda «Özbektelekom» kompaniyasi direktori, Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligi rahbari, Özbekiston prezidentining fan, ta'lim va madaniyat masalalari böyiça maslahatçisi, şuningdek Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi direktori örinbosari lavozimlarida işlagan.

TATU - Toşkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toşkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda taşkil topgan. 2002 yilning 30 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan, Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarşi, Samarqand, Urganç va Farğona şaharlarida mintaqaviy filiallar taşkil etilgan.

Universitet rasmiy saytidagi ma'lumotga köra, universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62ta kafedra mavjud bölib, ta'limning 23 yönalişi böyiça, jumladan bakalavriatning 8 yangi yönalişi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi böyiça kadrlarni tayyorlanadi.

Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar taşkil etadi. Sönggi yil içida universitet 1 nafar talabasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 5 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyasi hamda 44 talaba respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli örinlarni egallaşdi. Universitetda 780 nafar professor-öqituvçilar işlaydi, şulardan 204 nafari fan nomzodlari va dotsentlar. Ilmiy darajaga ega öqituvçilar umumiy sonidan 31 foizni taşkil etadi.