Tuğilib ösgan göşa, ona-Vatan inson uçun eng mö'tabar makon. Uning qaynoq taftini, qadrini heç narasa bilan qiyoslab bölmaydi. Şu bois uni asrab-avaylaş, tinç va osudaligi, ravnaqi yölida mehnat qiliş har birimizning muqaddas burçimizdir.

Yurtimizdagi ulkan özgarişlar, yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalangan minglab vatandoşlarimiz bunyodkorlik borasida jonbozlik körsatmoqda. Ularning mehnati bilan bunyod etilgan imoratlardan köz quvnaydi, zamonaviy talablar darajasida tayyorlangan mahsulotlardan bahramand bölar ekanmiz, dilimizda şukronalik tuyamiz. Yurtimizda tadbirkorlikka qöl urgan inson borki, rözğori butlanib, mehnatu layoqatiga yaraşa mulk egasi böladi. Bu dunyoda har bir kişi farovon turmuş keçirişni istaydi.
Binobarin, xorijiy mamlakatlarga ketayoganlarni iqtisodiy noçorlik undayapti, deb bölmaydi. Çunki dunyodagi xalqi baxtli mamlakatlar öttizligiga kirgan yurtimizda mehnat qilişni istagan har qanday inson uçun yetarli şaroitlar yaratilgan.

Nafs insonni hamişa halokat yoqasiga yetaklagan. Oson pul topiş, mömay daromad orttiriş zamirida ham nafs qutqusi yotadi.

Darhaqiqat, mol-dunyo taşvişiga tuşgan insonlar bandilik zanjirini böyinlariga taqib, qöllarida esa puldan yasalgan kişan bilan huzur-xalovat topişyapti. U qalblarga şunday yara toştiradiki, uning aslo davosi yöq. Eng açinarlisi, mana şu molu dunyoga qul bölişni ixtiyor qilib, özga yurtlarda sarson-sargardon yurgan insonlarning aksariyati öz yurtiga heç vaqosiz va hatto yarim jon xolatda qaytib kelmoqda. Özga yurtlarda mardikorlik qilayotganlar orasida aroqxörlik, qimor öynaş, fohişabozlik kabi illatlar tobora odat tusiga kirib bormoqda. Bu esa yaxşi axloq va tarbiya körib ösgan musulmon yigitlarning vatanga bezori, axloqsiz bölib, ayniqsa OITS kabi oğir dardi bedavo kasalliklarini yuqtirib olişiga sabab bölmoqda.

Afsuski hanuzgaça ayrim insonlarning “xorijda oson, mömay pul topiş mumkin” degan yolğon gaplariga uçib, bugun özga yurtlarda sarsonu sargardon bölgan vatandoşlarimiz pistirma qöyib, payt poylab yotgan terrorçilar domiga ilinmoqda. Şunday toifalardan biri – IŞID (Iroq va Şom islom davlati) bölib, bu xatarli terrorçi guruhning tarkibida yuz minglab jangari bölib, aksariyati çetdan yollangan nafs qullaridir.

Bu borada yaqinda «Movarounnahr” naşriyoti tomonidan çop etilgan “Internetdagi tahdidlardan himoya” nomli kitobda ana şunday alamli azoblarni boşidan keçirgan bir yigitning afsus-nadomatlari quyidagiça keltirilgan.

- “Kunlarning birida ayrimlar kabi men ham “Çet elda işlab, oson pul topiş va tez boyiş” fikriga tuşib qoldim. Şu maqsad bilan Sankt-Peterburg şahriga bordim. U yerda meni ukam Şavkat kutib oldi. Işga joylaşib, oilamning moddiy ahvolini yaxşilaşga iştiyoqim kuçli edi. Ammo u yerdagi hayot men öylagançalik oson emas ekan. Ukam Şavkat va atrofidagilar allanimanidir rejalaştirar, tundan tonggaça suhbatlaşib, kunduzlari esa uyqudan boş kötarişmasdi.