Özbekistondagi şou-biznes hayotini yoritişga ixtisoslaşgan bir qator naşrlarda “Nihol” mukofoti sovrindori bölmiş xonanda Otabek Mutalxöjayev böydoqlar safini tark etayotgani haqida xabar berildi. Xabarlarda aytilişiça, uning nikoh töyi marosimi 14 fevral Toşkent şahridagi "Versal" restoranida bölib ötadi.
Kun.uz sayti xonandaning prodyuseri Feruza Nodirova bilan boğlanganida esa u bu haqdagi savolga javob berişdan qat'iyan boş tortgan.
"Men bu savolga javob bermayman. Buni keça ham, undan oldin ham aytgandim", deya qöpol ohangda gapirib, telefon göşagini qöydi u.
Bundan oldinroq naşrlardan biriga bergan intervyusida u "özining tasavvuridagi ideal ayol öz uyini saranjom-sarişta tutadigan, bir kasbning egasi, içki va taşqi dunyosi çiroyliligiga etibor beradigan, pazandaligi, uyatçan, kamgapligi bilan ajralib turişi, qisqasi gözal va rözğorbop bölişi kerakligi" haqida aytgandi.
Ma'lumot uçun, 1984 yilning 18 iyulida Toşkent şahrida tuğilgan Otabek Mutalxöjayev 2004 yildan buyon özbek estradasida faoliyat körsatib kelmoqda. U 2005 yilda Toşkent Davlat texnika universitetini tamomlagan.






