Özbekiston ilmiy doiralar vakillari Qozoğiston xalq Assambleyasining 20 yilligi munosabati bilan «Qozoğiston xalq Assambleyasiga 20 yil» yubiley medali bilan taqdirlandi.

Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoniga binoan mukofotlanganlarni taqdirlaş marosimi 10 fevral kuni mazkur mamlakatning Toşkentdagi elçixonasida ötkazildi.

«Gazete.uz»ning xabar berişiça, ÖzFA Tarix instituti “Zamonaviy tarix va xalqaro tadqiqotlar” bölimi boşliği örinbosari, filologiya fanlari nomzodi Ravşan Nazarov va Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universtitetining “Demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Alişer Sobirov ana şunday medalga sazovor bölgan.