Özbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, şoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida adabiy-badiiy keça taşkil etildi. Unda filologiya fanlari doktori Ibrohim Haqqulov, Özbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov mutafakkirlarimizning ijodiy merosini örganiş, xotirasini abadiylaştiriş, asarlarida ilgari surilgan ezgu ğoyalar haqidagi fikrlarning talabalar bilan örtoqlaşdi.
Anjumanda Zahiriddin Muhammad Boburning betakror şe'riyati, Şarq xalqlarining turmuş tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvçi, insonni komillikka undovçi asarlari yoş avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.
Anjumanda şoir ğazallaridan namunalar öqildi va mumtoz qöşiqlar ijro etildi.






