Hindistonning Rifle Factory Ishapore kompaniyasi 250 gramm oğirlikdagi kiçik kalibrli revolver işlab çiqardi. Mualliflarning ta'kidlaşiça, bu qurol öz toifasidagi eng yengil revolver hisoblanadi.

Revolver alyuminli qotişmadan tayyorlangan. Kompaniyadagilarning işonç bildirişiça, bu metallning pişiqligi pölatnikidan kam emas.

Nidar nomini olgan bu revolver uzunligi 14 santimetrni taşkil qiladi va uning stvoli uzunligi 4 sm. Uning barabaniga 22 kalibrli 8ta patron joylaş mumkin. Quroldan uzoği bilan 7 metr masofadan turib foydalaniş tavsiya etilgan.

Revolver narxi 512 dollar atrofida ekani aytilgan. U birinçi navbatda ayollar uçun işlab çiqarilgani aytilgan.