New York Daily News gazetasi tarixdagi eng hayratlanarli ayriliqlar reytingini tuzdi. Bu reyting Barbi va Ken qöğirçoqlarining ayriliqlari kuniga bağişlangan. Qöğirçoq juftlik 2004 yilda avliyo Valentin kunida bir-biri bilan vidolaşgan va 2011 yilda yana qovuşgan.   

Barbi va Kenning ayrilişi boşqa uzoq davom etgan çin yoki çin bölmagan munosabatlarning barham topişi kabi kutilmagan hodisa bölgandi, deb yozmoqda gazeta.

Jumladan, reytingga musiqaçi Sonni Bono va qöşiqçi Şer, supermodel Xaydi Klum va qöşiqçi Sil juftliklari ham kirdi. Reytingdan, şuningdek, qurbaqa Kermit va Miss Piggi ("Mappet-şou" qahramonlari), aktrisa Jyennifer Eniston va aktyor Bred Pitt ham örin oldi.

Sonni Bono va Şer.

Qurbaqa Kermit va Miss Piggi.

Bred Pitt va Jyennifer Eniston.

Gazeta basketbolçi Lebron Jyeymsning "Klivlend Kavalers" jamoasi bilan, beysbolçi va menejyer Jo Torrining "Nyu-York Yankiz" jamoasi bilan vidolaşişini ham qayd qilib ötdi.

Lebron Jyeyms.

Bundan taşqari, reytingga "Beverli-Xillz, 90210" seriali qahramonlari Brenda Uolş va Dilan Makkey ayriliqlari ham kirdi.