"Barselona" hujumçisi Luis Suares "Liverpul" jamoasidagi sobiq şerigi, ayni vaqtda telekanal xodimi sifatida işlayotgan Jyeymi Karragerga bergan intervyusida kataloniyaliklar jamoasiga moslaşişi qanday keçgani haqida aytib ötdi.
"Aytsam, işonmasliging mumkin. Futbolda va hayotda ham şunday tez özgarişlar sodir bölişi mumkin ekan. Men hamişa tanqidlar nişonida bölgan yomon yigitdan muhim öyinlarda doimiy ravişda gol uradigan tartibli futbolçiga aylandim.
Hamişa vaziyatni özgartiriş uçun imkon böladi. Taqdir tinimsiz zarbalarga yöliqtirsa-da, men qayta oldim. Bu meni qanoatlantiradigan eng muhim jihatdir", deydi futbolçi.
- Sen "Barselona"dagi muhitga moslaşa olmasliging mumkinligidan xavotir olganmiding?
"Ha. Avvaliga men "Barselona"ning asosiy tarkibiga bu qadar oson kiraman deb öylamagandim. Jamoa tiki-taki uslubida öynar, men uçun esa bunday uslubda erkin harakatlaniş uçun hudud bölmasligi yoqmas edi. Men taşvişda edim. Ammo Luis Enrikening meni "töqqizlik" hujumçi sifatida öyinga tuşirişi va hujum çiziğidagi şeriklarimning yordami menga özimni qulay his qilişimda yordam berdi.
Mening Messi va Neymar bilan munosabatlarim a'lo darajada. Ular jamoani olğa boşlab yuradigan futbolçilardir. Şuningdek, bizda Inesta bor. Uning qandayligini men aytmasam ham hamma biladi. Bilasizmi, maydon taşqarisidagi munosabatlar maydondagi öyinga ta'sir körsatadi. Ular mening kelişimni xursandçilik bilan kutib olişgandi. Ular menga özlariga raqobatçi sifatida qaraşmagandi", deya javob beradi Suares.
- "Valensiya"ni 7:0 hisobida yengganlaringizda sen 4ta, Messi esa 3ta gol urdi. Neymar esa penaltidan gol ura olmagandi, u sizlarning gollaringizni xursandçilik bilan nişonladimi?
"Men ham öz imkoniyatlarimdan foydalana olmagan kunlar böladi. Biz heç qaysimiz bunday bölişini oldindan rejalaştirib qöymaymiz. Lekin özimiz uçun omadsiz keçgan öyinlarda şeriklarimizning omadi keladi va biz birgalikda xursandçilik qilamiz.
Men Messiga ham, Neymarga ham hasad qilmayman. Bundan menga nima foyda? Bilasizmi, agar jamoaning kiyim almaştiriş xonasida şunday holat bölsa, bu natijalarga salbiy ta'sir körsatadi. Men öz kuçimni yaxşi baholayman. Şeriklarimning ham imkoniyatlarini yaxşi bilaman. Biz barçamiz jamoa manfaati yölida öynamoqdamiz. Bilamiz, Messi oramizdagi eng kuçli futbolçi. U "Barselona"ga köp ğalabalar olib kelgan.
Qaçondir jamoada futbolçilar bir-birlariga hasad qilib, bir-birlari bilan bahslaşgan yoki janjallaşişgandir. Lekin hozir bunaqa bölişini tasavvur qilib ham bölmaydi", deydi u.






