"Barselona" jamoasi boş murabbiyi Luis Enrike "Selta" ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi ğalabadan keyin jurnalistlarning savollariga javob qaytariş asnosida öyindagi Lionel Messining 11 metrlik jarima zarbasini darvozaga tepmasdan, şeriklariga oşirib yuborganiga munosabatini bildirib ötdi.

"Men bu vaziyatda heç qanaqa maynavozçilik yoki futbolga xos bölmagan holatini körmadim. Penalti amalga oşirilişida futbol qoidalaridan çetga çiqilmadi. Şunga öxşagan penaltini Yoxan Kroyf ham amalga oşirgan.
Bu kimgadir yoqadi, kimgadir esa yöq.

"Barselona" barça sovrinlarni yutiş maqsadidan taşqari, muxlislarni çiroyli öyinlarimiz bilan quvontiriş maqsadini ham öz oldimizga qöyganmiz. Men Messining bunday yöl tutganidan hayron bölmadim, çunki bunday bölişini sezgandim.

Tarixiy kun deysizmi? Men bunday demayman. Men bu kunni "ajoyib kun" deb atagan bölardim. Axir biz ajoyib futbol körsatadigan raqiblarimizni mağlub etdik. Tarixiy kun deb biron sovrin yutilgan kunga aytiladi", deydi murabbiy.

Messi "Selta"ga qarşi öyinda penalti zarbasini kombinatsiyaga aylantirdi