15 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasining a'zosi, Özbekiston Falsafa jamiyatining prezidenti, falsafa fanlari doktori, professor Said Şermuhamedov olamdan ötdi. Bu haqda uning şogirdlari feysbukda ta'ziyanoma qoldirişgan.

"Ustoz Said Şermuhamedov respublikada falsafa fani rivojiga, ilmiy-pedagogik kadrlar – fan nomzodlari va doktorlari tayyorlaşga salmoqli hissa qöşdi. Said Şermuhamedov falsafada öziga xos ilmiy maktabga, jumladan, ijtimoiy falsafa, madaniyat tarixi va nazariyasi böyiça fundamental ilmiy maktablarga asos soldi.

Bir qança ulkan falsafa anjumanlarida qilgan ma'ruzalari, matbuot sahifalaridagi çiqişlari, tayyorlagan köplab pedagogik kadrlari tufayli Said Şermuhamedovning nomi nafaqat öz vatanida, hattoki, Rossiya, Fransiya, Misr, Yaponiya, Keniya, Kanada, Meksika, Hindiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston, Kipr, Nikaragua, Polşa, Bolgariya, Singapur, Şimoliy va Janubiy Koreya, Eron, Turkiya hamda boşqa köplab xorij mamlakatlarida ham ma'lum va maşhurdir.

Said Şermuhamedov qariyb 60 yil ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordi. Domlaning hayotiy a'moli, birdan bir ezgu maqsadi – Insonga ğamxörlik körsatiş, millat, xalq manfaatlarini himoya qiliş, falsafa fani, madaniyat va ma'naviyatni rivojlantiriş, vatan ravnaqi uçun xizmat qiliş va xalq farovonligini oşiriş bölgan edi. Zero, olimning vatandoşlari, yaqin va uzoq xorijdagi faylasuf döstlari hamda ixlosmandlari uning ana şu olijanob fazilatlarini bağoyat qadrlaşar edi.

Said Şermuhamedov 1930 yilning 12 mayida Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida tavallud topgan. Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida öqidi, u 1959 yilda nomzodlik, 1973 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Özbekiston Fanlar akademiyasining Ibrohim Möminov nomidagi Falsafa va huquq institutida etika va estetika bölimi mudiri, ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari, Özbekiston Respublikasi KP MK madaniyat bölimi mudiri, respublika Maorif vaziri, Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida direktor lavozimlarida faoliyat körsatdi. U Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida 1985-2000 yillarda falsafa kafedrasining mudiri, 2000-2015 yillarda esa professor vazifasida işladi.

Said Şermuhamedovning taşabbusi bilan 1999 yilda falsafiy masalalarga bağişlangan «Ma'naviyat, Madaniyat. Ijtimoiy taraqqiyot» mavzusida xalqaro konferensiya ötkazilib, unda AQŞ, Angliya, Rossiya, Bolgariya, Qozoğiston, Qirğiziston kabi mamlakatlardan faylasuf olimlar iştirok etişdi va mustaqil bölganiga 8 yil tölgan yurtdagi ma'naviy yangilaniş jarayonlari bilan tanişişdi. U xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantiriş, hozirgi zamon özbek falsafasining ğoyalari bilan jahon hamjamiyatini taniştiriş maqsadida «Ma'naviy madaniyat va ijtimoiy taraqqiyot» (Vaşington, 2000) ilmiy töplamini naşr qilişga erişdi. Said Şermuhamedov monografiyaning kiriş sözi va «Özbekistonda falsafiy tadqiqotlar» mavzusidagi birinçi bobining muallifi bölişi bilan bir qatorda uning mas'ul muharriri sifatida ham faoliyat körsatdi.