The Hill ma'lumoti böyiça, ayni paytda 49 foiz amerikaliklar AQŞni dunyodagi eng kuçli harbiy mamlakat, deb hisoblaşadi. Mutaxassislarning fikriça, bu ötgan yilgi körsatgiç (59 foiz)ga nisbatan keskin pasayişdir. Bundan taşqari, bu oxirgi 20 yil içida eng past daraja.

Sörovnomada qatnaşganlarning uçdan ikki qismi eng kuçli armiyaga ega böliş AQŞ uçun eng muhim ustuvor masala deb hisoblaydi, lekin faqat 37 foizigina hukumat mudofaa uçun xarajatlarni oşiriş lozim, degan fikrda.

Bunday natijalarga Ğarb olamida IŞID jangarilari tuğdirayotgan xavf-xatarning ortib borayotgani sabab bölişi mumkin.