Özbekiston Respublikasidagi elektron tijorat qoidalarini tasdiqlaş töğrisidagi hukumatning qarorining loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga muhokama jarayoni uçun joylaştirildi. Bu haqida «Gazeta.uz» xabar berdi. Muhokama fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

Mazkur hujjatda köra, axborot tizimlaridan foydalanib tuzilgan şartnoma yozma şaklda böladi, tomonlar imzolagan va muhrlagan şartnoma bilan tenglaştiriladi.

Elektron tijorat şaklida mahsulotlarni sotiş, işlarni bajariş va boşqa xizmat körsatiş uçun ruxsat beruvçi hujjatga talab etilmaydi. Qolaversa, mahsulotlarni şaxsiy transport vositasi orqali yetkazib beriş uçun ham litsenziya oliş şart emas.

Şuningdek, loyiha qoidalarda elektron savdo maydonlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan şakllantiriladigan veb-saytlar va boşqa elektron manbalar yagona röyxatiga kiritilişi kerakligi közda tutilgan.