Livan hukumati çiqindilarni mamlakat çegaralaridan taşqariga çiqarib taşlaş haqida qaror qabul qilgan. Bu haqda Yalibnan naşri mahalliy OAVga asoslanib, xabar tarqatgan.
Xabarda aytilişiça, bu çiqindilar Rossiyadagi çiqindini qayta işlaş va yöq qiliş zavodlariga yuboriladi.
Mamlakat Qayta quriş va rivojlantiriş kengaşi rahbari Nabil al-Jizrning ma'lum qilişiça, 6 oy davomida çiqindilarni Rossiyaga yuboriş 50 mln dollarga tuşadi. Xabarda aytilişça, bu çiqindilarni taşiş işlari britaniyaliklarning Chinook Urban Mining International kompaniyasi tomonidan bajariladi.
Agentlikda qayd etilişiça, Rossiya tomoni bu xabarni rad qilgan. Manbaning aytişiça, Livandan çiqindilarni Rossiyaga taşib boriş xarajatlari özini oqlamaydi
Yanvar oyida Livandagi çiqindilarni Afrika ğarbidagi Serra-Leone davlati qabul qilişga tayyorligi töğrisida xabar berilgandi.






