Yevropa Ittifoqi Özbekistonni Jahon savdo taşkilotiga a'zolikka tayyorlaniş jarayonini tezlaştirişga çaqirdi, deb yozmoqda Sputniknews. 

“Bu - ikkala tomon uçun ham nihoyatda muhim masala. Ayni paytda biz uşbu jarayonning eng boşlanğiç nuqtasida turibmiz. Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qöşilişi taşkilotning xalqaro majburiyatlari bilan mahalliy qonunçilikni muvozanatga keltiriş hisobiga mamlakatda savdo muhitining yaxşilanişini sezilarli darajada ta'minlaydi”, - deb öz fikrini bildirdi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining elçi-raisi Yuriy Şterk Özbekistondagi matbuot konferensiyasi doirasida.

Uning sözlariga köra, hozir tomonlar aro Jahon savdo taşkilotiga a'zolik xususida muzokaralar olib borilmayapti, lekin Özbekistonning kelajakda uşbu taşkilotga qöşilişga bildirgan qiziqişi öz kuçini saqlab turibdi. Şu örinda, Yevropa delegatsiyasi raisi Özbekistonning a'zolikka tayyorlik darajasini ham örganib çiqiş lozimligini, bunda, asosan, özbekistonlik hamkorlarning faolligini muhimligini ham aytib ötdi.

Jahon savdo taşkilotiga a'zolik mamlakatda savdo muhitini rivojlantiriş bilan birgalikda, ma'lum asosli iqtisodiy xavf tuğdiriş ham ehtimoli mavjud. Bunday holatlarda YeI öz hamkorligi va yordamini ayamaydi.

Taşkilotning Özbekiston qişloq xöjaligi sohasini rivojlantirişga bölgan xarakatlarini qadrlaydi va şu sohada hamkorlikka umid qiladi.

Jahon savdo taşkiloti – 1995 yil 1 yanvarda xalqaro savdoni erkinlaştiriş va a'zo mamlakatlarning iqtisodiy-siyosiy munosabatlarini mö'tadillaştiriş maqsadida taşkil etilgan xalqaro tuzilma.