AQŞ prezidentligiga yetakçi nomzodlardan biri bölmiş Donald Tramp Barak Obamaning bölajak saylovda tadbirkorga ovoz bermaslik haqidagi çaqiruviga javob berdi.
Donald Trampning aytişiça, Obama prezidentlik davrida tayinli iş körsatmadi.
“Bizning byudjyet va xarajatlarimizga qarang. Biz IŞIDni yenga olmaymiz. Obamacare (ommaviy tibbiyot suğurta dasturi) dahşatli ahvolda. Bizning çegaralarimiz xuddi “şveysariya pişloği”ga öxşaydi” - dedi Tramp.
16 fevral kuni AQŞning prezidenti Obama jurnalistlarga davlatning yangi rahbari Tramp bölmasligiga umid bildirişini aytib ötgandi.
“Men Amerika halqiga işonaman. Öylaymanki, ular prezident böliş - mas'uliyatli iş ekanini bilişadi. Bu tok-şou yoki marketing emas. Bu juda muşkul” – deya qayd etgandi Oq uy rahbari.
Eslatib ötamiz, AQŞda prezidentlikka saylov 2016 yilning 8 noyabrida bölib ötadi. Tramp hozirgi kunda saylovçilar orasida maşhur bölib, senatorlar Ted Kruz, Marko Rubio va Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Buşni ham ortda qoldirmoqda.
Obama özidan keyin AQŞ prezidenti Tramp bölmasligiga işonadi






