Google kompaniyasining boş direktori Sundar Piçai AQŞ Federal qidiruvlar byurosi xodimlariga mobil qurilmadagi himoyani çetlab ötişga imkon beruvçi dasturni bermagani uçun yuzaga kelgan bahsda Apple’ni qöllab-quvvatladi. Piçai bu haqda tvitterdagi mikroblogida yozdi.

"Kompaniyani qurilmani oçiş imkoniyatini berişga majburlaş foydalanuvçilar haqidagi maxfiy ma'lumotni himoyalaşga xavf solişi mumkin", deb yozdi Piçai.

Piçaining aytişiça, kompaniyalar "öz mijozlari haqidagi ma'lumotning sir saqlanişini ta'minlaş uçun xavfsiz mahsulotlar yaratadi va ularga kiriş faqatgina qonun doirasida beriladi".

"Biroq bu mijozlarning qurilmalarini buzib kirişga imkon berişdan umuman farq qiladi ", deb aytdi Piçai va bu "xavotirli örnak" bölişi mumkinligini ta'kidladi.

Avvalroq Oq uy Apple’ning boş direktori Tim Kuk san-bernardinolik terrorçining telefoniga kiriş masalasida Federal qidiruvlar byurosi bilan hamkorlik qilişdan boş tortgandan keyin zarur yordamni taqdim qilişni sörab kompaniyaga murojaat qilgan.

2015 yil dekabrda San-Bernardino şahrida uyuştirilgan otişma oqibatida 14 kişi halok bölgandi, 17 kişi yaralangandi. Hujumni Said Rizuan Farruk va Taşfen Malik amalga oşirgan. FQB ulardan birining telefonini oçişga urinmoqda.