Jizzaxda Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Özbekiston baliqçilikni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot markazi, “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki va boşqa taşkilotlar hamkorligida baliqçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş masalalariga bağişlangan seminar ötkazildi.

Mutaxassislar, ekologlar, baliqçilik xöjaliklari rahbarlari, yangi loyihalar taşabbuskorlari iştirok etgan tadbirda tarmoqdagi ilğor tajribalar, intensiv baliq yetiştiriş asoslari va uning afzalliklari muhokama qilindi, deb xabar beradi Özbekiston milliy axborot agentligi.

Aytiş kerakki, eng yirik tabiiy suv havzalaridan bölgan Aydar-Arnasoy köllari tizimining kattagina qismi viloyat xududida joylaşgan. Mazkur tabiiy köl boyliklaridan samarali foydalaniş va sun'iy suv havzalari barpo etiş böyiça viloyatda yangi istiqbolli loyihalar amalga oşirilmoqda.

Ma'lumotlarga köra, Jizzax viloyatida faoliyat körsatayotgan 180 baliqçilik xöjaligi tomonidan 2015 yilda 10 ming 850 tonnadan ortiq mahsulot yetiştirilgan.