Xitoyning Jitszao şahrida yaşovçi 66 yoşli Çjan Deyan özining "soxta" dafn marosimini sahnalaştiriş uçun 16 ming yuan (2,5 ming dollar) sarfladi.

Mahalliy OAVda ma'lum qilinişiça, erkak özining soxta dafn marosimiga 50 ga yaqin qarindoşlarini taklif qilgan, biroq marosimga faqatgina 20 kişigina kelgan. Biroq marosimga taklif qilinmagan bölsada, yaqin qişloqlardan köplab odamlar keldi va bu bilan xitoylikni xursand qildilar.

Dafn marosimi vaqtida Çjan Deyanning haqqiga duolar aytayotganlar "marhum" an'anaviy dafn kiyimida içimliklar qöyilgan stol oldiga kelib ötirganda hayratdan yoqalarini uşlaşayozdi.

Bu "soxta dafn marosimini" amalga oşiriş uçun Deyan yaxşigina tayyorgarlik kördi. U özining qabri uçun qabr toşini 2008 yildayoq tayyorlatib qöygan. Dafn marosimi yanadayam işonçliroq çiqişi uçun özining marhum rafiqasi bilan fiktiv nikoh tuzgan, çunki Xitoyda narigi dunyoga böydoq ketiş yomon alomat hisoblanadi.