Şu kunlarda bir guruh özbekistonlik tadbirkorlar Yevropa kompaniyalarida malaka oşirişmoqda. Bu hakda 1news.uz yangiliklar agentligi rahbari Şuhrat Oripov kun.uz uçun Afinadan xabar bermoqda.

Malaka oşiriş tadbirlari Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida 2013 yildan buyon amalga oşirib kelinayotgan "Boşqaruv kadrlarini tayyorlaş Dasturi - Özbekiston kiçik va örta biznes korxonalari rahbarlarining salohiyatini mustahkamlaş" loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi - kiçik va örta biznes korxonalarini samarali boşqariş uçun yuqori malakali tadbirkorlar va menejyerlar sonini oşiriş (inson kapitalini rivojlantiriş) va ularning uzoq muddatli jadal rivojlanişini ta'minlab berişdan iborat.

Şu kungaça loyiha doirasida 100 ga yaqin tadbirkor malaka oşiriş uçun tanlab olindi. Ularning bir guruhi fevral-mart oylari davomida Yevropa kompaniyalarida bölişib, yevropalik hamkasblari bilan özaro tajriba almaşadi, zamonaviy boşqaruv usullarini va iş yuritiş şakllarini örganişadi. Bu esa mamlakatimiz işbilarmonlariga Yevropadagi korxonalar bilan aloqalar örnatiş va öz raqobatbardoşligini, biznes yuritiş könikmalarini oşirişga kömaklaşadi.