2015 yili Qatarning Doxa şahrida boks böyiça ötkazilgan XVIII jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya öyinlari yöllanmasiga sazovor bölgan iqtidorli yoş sportçi Murodjon Ahmadaliyevni taqdirlaşga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Unda ma'lumot berilişiça, bugungi kunda viloyatdagi 3 mingdan ziyod zamonaviy sport inşootida 300 mingdan ortiq öğil-qiz sport bilan şuğullanmoqda.

Ötgan yili viloyat yoş sportçilari mamlakat va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda 367 oltin, 354 kumuş, 512 bronza medalni qölga kiritdi.

Tadbirda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov XVIII jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritgan Murodjon Ahmadaliyevga Cobalt rusumli avtomaşinaning kalitini topşirdi.