Germaniya kansleri Angela Merkel Bryusselda 19 fevralda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya örtasida bölib ötgan muzokaralar örtasidagi tanaffusda tanovul qilib olişga qaror qildi. Merkel mahalliy vaqt bilan soat 20:00ga belgilangan tuşligini kutib ötirmay, mahalliy tamaddixonalardan biriga ovqatlangani bordi.
Germaniya kansleri şu maqsadda öz yordamiçilari bilan Maison Antoine deb nomlangan kafega bordi. Voqea guvohlari Angela Merkelni kafe oldida tasvirga olişga muvaffaq böldilar. Lavhalarda Merkel bir qölida yegulik solingan paketni uşlab turganini köriş mumkin.
Merkel bu yerda öziga kartoşka-fri hamda garmdori va pomidorlar qöşilgan mayonez – andaluziya sousi buyurtma qildi.
Wenn's mal wieder länger dauert, ... #Merkel #Brüssel #Brexit #Frittenbude pic.twitter.com/1ReipUGIOE
— tagesthemen (@tagesthemen)






