Xonanda Nilufar Usmonovaning sobiq turmuş örtoği Navzodxon şu yilning 19 fevral sanasida vafot etdi. Bu haqida xonandaning özi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilgan.

“19 fevral 2016 yil men uçun aziz bölgan farzandim Saida'zamxonning otasi, sobiq turmuş örtoğim Navzodxon omonatini topşirdi. Alloh joylarini jannat qilsin, oxiratlarini obod qilsin. Men sendan menga qaçonlardir orzu bölgan birinçi farzandimni sovğa qilganing uçun, öz vaqtida mehr berib hayotimdagi eng yaqin insonim bölganing uçun bir umr minnatdorman, haqqingga doim duo qilaman. Aziz insonlar, bu dunyoda hamma ham xato qiladi, lekin Alloh sevgan bandalarini mana şu hayotda tirikligidayoq sinov berib, qay yöl bilan bölsa-da gunohlaridan tozalab, öziga olarkan. Yoş edi hali jon topşirişga... Lekin Allohga şak keltirib bölarmidi... Sendan öğling menga meros qoldi, men sendan roziman va bir umr minnatdorman. Har birimizning borar joyimiz mana şu qaro tuproq ekan. Saida'zamxon, bolam hali yoşsan, tuşunmassan, lekin hamdardligimni qabul qil. Alloh senga sabr bersin, baxtimga umring uzoq bölsin. Baxtingga biz doim bor bölaylik”, - deya yozadi xonanda.

Ma'lumot uçun, xonandaning keyingi turmuşidan Ibrohim va Sulaymon ismli yana 2 öğli bor.