Suriya prezidenti Başar Asad Belarus davlati delegatsiyasini kutib oldi. Delegatsiyaga Belarus kompartiyasi birinçi kotibi Igor Karpenko boşçilik qildi. Uçraşuv davomida Suriya ixtilofini tartibga soliş variantlari hamda Belarus va Suriya örtasida savdo va iqtisodiyot sohalarida hamkorlik va siyosiy dialog imkoniyatlari muhokama qilindi.
Belarus delegatsiyasi Asadga Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning rasmiy nomasini yetkazdi.
"Nomada Suriya xalqi va prezidentiga qöllab-quvvatlaş sözlari, Suriya va Belarus örtasida hamkorlikning barça yönalişlari böyiça döstona munosabatlarni yanada rivojlantiriş taklifi bildirilgan", deb aytdi Karpenko.
Belarus delegatsiyasi Başar Asadga "Ğalaba kuni" deb nomlangan suratni Lukaşenko nomidan sovğa qildi.
"Belarus kompartiyasi har bir xalq özining taraqqiyot yölini, taşqaridan aralaşuvsiz, özi mustaqil tanlaş huquqiga ega, deb hisoblaydi. Fikrimizça, Suriya adolatli kuraş olib bormoqda", deb ta'kidlab ötdi Karpenko.
Eslatib ötamiz, Suriya va Belarus Şanxay hamkorlik taşkilotida kuzatuvçilar maqomini oliş uçun 2015 yilda taşkilotga ariza topşirgan.






