Sony kompaniyasi Mobile World Congress 2016 özining Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida işlovçi yangi Xperia X smartfonlar qatorini taqdim etdi.

Yangi smartfonlar uç modellardan iborat bölib, ularga beş dyuymli displeylar örnatilgan.

Xperia X smartfoni Snapdragon 650 protsessori, uç gigabayt operativ xotira va 32 gigabayt doimiy xotiradan iborat. Displey hozirgi kundagi örta klass smartfonlariga xos bölgan 1920 ga 1080 piksellaridan taşkil topgan. Kompaniyaning rasmiy xabariga köra, smartfon ikki kun quvvat olmasdan işlay oladi.

Xperia X Performance premium modeli kuçliroq protsessor Snapdragon 820, qum va suvdan himoyalangan korpus bilan farqlanadi.
Qurilmalarning fotomodullari bir xil örnatilgan: asosiy kamera 23 megapiksel va oldingi kamera esa 13 megapiksel. Suratga oliş optik barqarorlaştiriş (stabilizatsiya) va prediktiv fokus oliş tizimi (obektlarning kadrdagi harakatlarini oldindan seza biliş) orqali amalga oşiriladi.

Xperia XA, uçinçi modeli, hamyonbop smartfon bölib, 1280 ga 720 piksel displey, 13 (asosiy) va 8 (old) megapiksel kameralar bilan jihozlangan.

Barça modellar oltin, oq, puşti va qora ranglarda şu yilning yoz oyida sotuvga çiqariladi.