Ma'lumotlarga köra, ayni paytda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 155 sun'iy suv havzasi va 92 tabiiy kölda ötgan 2015 yilda 3 ming 410 tonna baliq yetiştirildi. Bu jarayonda tumanlardagi baliqçilikka ixtisoslaşgan xöjaliklarning hissasi katta.
Masalan, Törtköl tumanidagi baliq yetiştirişga ixtisoslaşgan “Antiqa” fermer xöjaligining 10 gektarlik suv havzasida yiliga 150-200 million baliq çavoği yetiştirilib, baliqçilik xöjaliklariga tarqatilgan, deb xabar beradi Özbekiston milliy axborot agentligi.
“Fermer xöjaligida 2015 yilda Afrika laqqa baliğini mahalliy şaroitga moslaştiriş va uni köpaytirişga kirişildi. Mutaxassislarning fikriça, bu baliq turi kislorod tanqisligiga juda çidamli bölib, 1 tonna suvda 300-350 kilogrammgaça baliq yetiştiriş imkonini beradi. Uning yana bir afzalligi, qiltanoği kam va sergöştligidadir”, deydi fermer xöjaligi rahbari Şuhrat Rajabov.
Joriy yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida baliq yetiştirişga ixtisoslaşgan 77 yangi xöjalik taşkil etiş, baliq ovlaşni 5 ming 400 tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.






