Özbekiston Ukrainadan keltiriladigan mahsulotlarga qöşimça qiymat soliğini bekor qildi. Bunga javoban Ukraina hukumati ham yaqinda ba'zi turlariga qöşimça davlat boji örnatilgan özbek avtomobillari kirişini erkinlaştirişi mumkin.
"Ukraina va Özbekiston savdo mojarosida birinçi bölib Osiyo vakillari yon bosdi. Özbekiston Ukrainadan olib kiriladigan mahsulotlarga 2015 yil 1 iyuldan bir yil muddatga kiritilgan qöşimça davlat bojini muhlatidan avval bekor qildi. Bu Özbekiston hukumatining 2016 yil 18 fevraldagi 45-sonli qarorida belgilab qöyilgan", deb xabar beradi autocentre.ua.
Endi Ukraina 2015 yilning 5 dekabridan kuçga kirgan xalqaro savdo böyiça Idoralararo komissiyasi qarorini bekor qilişi mumkin. Uşbu qaror böyiça Özbekistondan kirib keladigan avtomobillar uçun 12,2 foiz miqdorida qöşimça boj undiriladi. Bu 1 dan 2,2 litrgaça hajmidagi benzin dvigatelli yangi avtomobillarga taalluqli hisoblanadi.







