Hewlett-Packard kompaniyasi Mobile World Congress (MWC) 2016 körgazmasida eng kuçli Windows-smartfonini taqdim etdi. HP xodimlarining sözlariga köra, yangilik Windows 10 Mobile operatsion tizimida işlab, uni biznes uçun universal qurilma sifatida ham telefon, noutbuk va stol kompyuteri sifatida foydalaniş mumkin.

Qurilmani Desk Dock dok-stansiyasiga ulab (taşqi monitor ulaş, ikkita USB-A va bitta USB-C portlari, Ethernet-interfeysi imkoniyatlari mavjud), uni katta kompyuter kabi qöllaş mumkin. "Boşqa Mobile Extender dok-stansiyasi, qurilmani “elit” Windows-smartfonidan 12,5 dyuymli HD-displeyga ega yengil noutbukka (1 kg atrofida) aylantirib qöyadi", deb ta'kidlaşdi HP vakillari.

Bunday imkoniyatni, Windows 10 operatsion tizimining yangi Continuum funksiyasi yordam beradi. Har bir dok-stansiyalar qurilmadan alohida sotuvga çiqariladi.

Şu ma'lumki, “biznes-fablet”ning “yuragi” Qualcomm Snapdragon 820 protsessori bilan jihozlangan. Elite x3`ning qolgan texnik xususiyatlari keyinçalik rasman e'lon qilinadi.