Toşkent şahrida Vengriyaning Özbekiston Respublikasidagi elçixonasi öz faoliyatini boşladi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.

"Vengriyaning Muvaqqat işlar vakili Yanoş Vanik diplomatik vakolatxonaga vaqtinçalik rahbarlik qiladi", deyiladi xabarda.

Ilgari qarorgohi Moskva şahrida bölgan Vengriya favqulodda va muxtor elçisi Özbekistonda akkreditatsiyadan ötar edi.