Alphabet xolding tarkibiga kiruvçi Boston Dynamics kompaniyasi muhandislari Atlas robotining yangi körinişini taqdim etişdi.

Ikki oyoqli Atlas robotining yangi töldirilgan vakili yengilroq va “sobitqadam”roq böldi. Endi uning oğirligi 80 kg, böyi 175 sm va u notekis joylarda ham muvozanatini saqlagan holda yura oladi. Şuningdek, Atlas aniq xarakatlaniş va öz atrofida yönalişni yaxşiroq oliş imkonini beruvçi bir qança datçiklar bilan jihozlangan.

Boston Dynamics taqdim etgan videoda körinadiki, robot qutilarni ham kötara oladi, eşiklarni oçadi va muhandislarning zarbalariga ham “çiday” olgan.