Yangi mavsumda "Mançester Yunayted"ni boşqarişi haqida köp gapirilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Mançester şahridan uy oldi. Bu haqda Correio da Manha naşri xabar tarqatgan.
Bu xabar uning mavsum yakunida "MYu"da gollandiyalik murabbiy Lui van Gaalning örnini egallaşi haqidagi xabarlarga dastak böldi.
Keyingi xabarlarda muxlislardan keyin jamoa futbolçilari ham boş murabbiyning faoliyatidan norozi ekani va uning örniga Joze Mourinoning kelişini istaşayotgani haqida xabar berilgandi. Şuningdek, jamoa rahbariyati ham van Gaalning natijalaridan norozi.
Mourino "MYu" öziga şartnoma taklif qilmayotganidan norozi bölmoqda






