Şu yilning may oyida boşlanuvçi Koreya mehnat partiyasining (KMP) yettinçi yiğilişi munosabati bilan KXDRda rahbariyatini qöllab-quvvatlaş uçun 70 kunlik “sadoqat tarğiboti” boşlandi. Bu haqida Yuqori halq yiğini (parlament) prezidium raisi Kim Yon Nam Pxenyanda bölib ötgan KMPning Markaziy Qömita (MQ) Politbyurosi yiğilişida xabar berildi.
Xabarda aytilişiça, “yangi marralarga va mehnat yutuqlariga erişiş KMP vakillarining özlari qatnaşişlari şart”.
Parlament rahbari şuni ta'kidladiki, “Amerika Qöşma Ştatlari halq respublikasini böğişga harakat qilayotgan bir paytda, partiya vakillari uning buyukligini körsatib, mamlakatimizni rivojlanişlariga hissa qöşişlari lozim”.
Yiğilişda KMPga, viloyat partiya qömitalari kotiblari, harbiy kuçlar, mehnat jamoalari, vazirliklar va idoralar nomzodlari qatnaşişdi.
Avvalroq, MQ va KMPning harbiy markaziy komissiyasi KMPning VII yiğiniga 370dan ortiq şiorlar tayyorlangan. KXDR matbuotining xabariga köra, bu forum “Kim Ir Sen va Kim Çen Ir buyuk partiyasining pozitsiyalarini kuçaytiriş böyiça tarixiy hodisa böladi”, va u “marşal Kim Çen Inning töliq ğalabasini tezlaştirişni ta'minlaydi”.
Mamlakat OAVining eng faol tarğibi forumga qaratilgan.
36 yil içida birinçi marta çaqirilgan yiğin KMP Politbyurosining ötgan yili oktabrdagi qaroriga asosan taşkillaştirilmoqda. Kun tartibi aniqlaştirilmagan, lekin ekspertlarning sözlariga köra, e'tibor köproq iqtisodiy muammolarga qaratiladi. Oxirgi marta, KMPning VI yiğini 1980 yil oktabr oyida bölib ötgan.
Vakillar iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qilib, KXDRning 7 yillik rivojlaniş (1978-1984 yillar) rejasini qabul qilingan.







