Özbekiston Rossiyaga yangi elçisini yubordi. Bu haqda Özbekiston TIV saytida xabar berilgan.

"2016 yilning 24 fevral kuni ilgari Moliya vaziri örinbosari – Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği lavozimida işlagan, Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Baxrom Aşrafxanov Toşkentdan Moskvaga jönab ketdi", deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 30 noyabrida Özbekistonning Rossiyadagi elçisi sifatida faoliyat körsatib kelgan Akmal Kamalov öz lavozimidan ozod qilingandi.

Dekabr oyida Akmal Kamalov «Özpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasiga rahbar sifatida tayinlandi.