Toşkentning “Istiqlol” san'at saroyida konsert berayotgan Rayhon Ğaniyeva 24 fevral kunidagi konserti davomida ikki marotaba yiqilib tuşişiga oz qoldi. Bu haqida “Sayyod” xabar bergan.
Kontsert dasturining ikkinçi kunida sahnada operatorlar ikki ğildirakli balansni tutiş orqali harakatlanuvçi elektr qurilmada videoga suratga olayotgan paytda ulardan biri Rayhonning orqasidan kelib urilgan. Natijada u yiqilib tuşişiga bir baxya qolgan. Ikkinçi holatda esa muxlislardan gullar olayotganida xonanda öz libosiga öralib qolgan. Bu vaziyatda unga raqqoslar yordamga kelgan.
Qolaversa, xonanda şu kunlarda biroz betobligi sahna ortida ma'lum bölgan. Rayhonga sahnaga çiqişdan avval dori olib keliş kerakligi xaqidagi sözlarga sayt xodimlari guvoh bölişgan.
24 fevral kuni konsertga estrada olami vakillaridan Jahongir Poziljonov, Ziyoda, Uluğbek Rahmatullayev, "Benom", “Eldido” guruhlari, Sardor Rahimxon, Şohruhxon va boşqa san'atkorlar taşrif buyurişgan.
Kontsert dasturining ikkinçi kunida tasvirga olingan qisqaça video:
Rayhon: Hammaning uyida kutadigan insoni bölsin! (konsert taassurotlari)







