J.D.Power and Associates agentligi AQŞdagi eng işonçli avtomobillar reytingini e'lon qildi. Kompaniya bunday tadqiqotni 27-marta ötkazmoqda. Reytingni tuzişda ekspertlar 2013 yilda işlab çiqarilgan avtomobillar egalari örtasida sörovnoma ötkazişdi. Haydovçilarni ularning maşinalari bilan oxirgi 12 oy içida yuzaga kelgan asosiy muammolarni aytişni söraşdi. Işonçlilik darajasi biror markaning 100 ta avtomobiliga töğri keladigan nosozliklar miqdori bilan aniqlandi.

Reytingda 1-örinni Lexus avtomobili egalladi (100 ta avtomobilga 95 ta nosozlik). 2-örinni Porsche (97 ta nosozlik), 3-örinni esa Buick (106 ta nosozlik) egalladi. Undan keyingi örinlarni Toyota (133 ta nosozlik) va GMC (120 ta nosozlik) egalladi.

J.D.Power and Associates ekspertlarining ta'kidlaşiça, AQŞda haydovçilar köproq maşinalarning körinişi bilan boğliq muammolardan şikoyat qiladilar. Şu bilan birga, dvigatel va transmissiyalardagi nosozliklardan şikoyatlar miqdori kamaygan. Şuningdek, Bluetooth orqali mobil telefonni ulaş funksiyasi nosoz işlaşi ham qayd qilingan. Haydovçilar, şuningdek, audiotizim, navigatsiya, klimat-kontrol va axborot-köngiloçar tizimi ham yetarliça soz işlamasligidan şikoyat qilişgan.

Ötgan yilning yozida agentlik avtomobillar egalari örtasida amerikaliklar qanday maşinalarni eng yaxşi hisoblaşlarini biliş maqsadida sörovnoma ötkazgandi. Hammasi bölib ovoz berişda 85 ming haydovçi iştirok etgan. Sörovnoma natijalariga köra, köpçilik haydovçilar Porsche maşinalarini afzal deb bilişgan. Nemis markasi 1000 balldan 874 ball töplagan.

Avtomobillarning markalar böyiça işonçlilik reytingi