Barselona" futbol jamoasi va YUNISEF taşkiloti homiylik kelişuvini 2020 yilgaça uzaytirişga kelişib oldilar, deb xabar bermoqda Marca naşri.
Yangi şartnoma şartlariga köra, katalon klubining BMTning Bolalar jamğarmasiga xayr-ehson qiladigan puli 500 ming yevroga köpayadi, ya'ni jamoa har yili jamğarmaga 2 mln yevro ötkazib beradi.
"Bu kelişuv bolalarga ança yordam berişi kerak. Men klubning sobiq prezidenti Laportega bunday taşabbusi uçun minnatdorman. Bolalik – barçamiz uçun murakkab davrdir va sport bolalarning şakllanişida hal qiluvçi rol öynaşini istaymiz", deb aytdi "Barsa" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu.






