Yevropa Ligasining 1/16 finali doirasida, Gretsiyaning "Olimpiakos" va Belgiyaning "Anderlext" jamoalari örtasidagi javob öyini arafasida ikki jamoa muxlislari örtasida töqnaşuv kelib çiqdi. Bu haqda «Sport-Ekspress» xabar bergan.
Manbaning ma'lumotiga köra, Afina şahri markazida önlab muxlislar iştirokida ommaviy muştlaşuv sodir bölgan. Politsiya olomonni tarqtib yuborişga muvaffaq bölgan, mehmon jamoa muxlislaridan 6 nafari hibsga olingan, yana 4 nafar muxlis töqnaşuv vaqtida jarohatlangani qayd etilgan.

Şuningdek, bu töqnaşuv tufayli hududdagi bir neça restoran hamda dökon zarar körgan.







