26 fevral kuni Toşkent şahrida harakatlanuvçi avtobusda yana yonğin kelib çiqdi. Bu xususida Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari «Voditeli Taşkenta» guruhida xabar berişgan. Mazkur guruhda voqea joyidan olingan suratlar ham joylangan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq. Foydalanuvçilarning fikriça, voqea Mirzo Uluğbek köçasida sodir bölgan.

Biz bu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida "Toshshahartransxizmat" AKning telefon raqamlariga qönğiroq qildik. Biroq göşak kötarilmadi.
Eslatib ötamiz, 23 fevral kuni ham Toşkent şahrining Farğona yöli köçasida Mercedes-Benz Low Floor rusumli №12 yönalişda harakatlanuvçi avtobusda yonğin kelib çiqqandi.






