Yaponiyada joylaşgan Nishiyama Onsen Keiunkan mehmonxonasi dunyodagi eng köhna mehmonxona sifatida qayd etildi. Bu haqda sayhlik xizmatlari böyiça tadqiqotlar olib boradigan OneTwoTrip markazi xabar bergan.

Manbalarda keltirilişiça, bu qadimiy mehmonxona 705 yilda Fudjivara Maxito ism-şarifli yer egasi tomonidan qurilgan va keyin uning avlodlariga tegişli bölgan. Ayni vaqtda unga Fudjivaralar sulolasining 52 yoşli vakili egalik qilmoqda.

Yamanasi prefekturasida joylaşgan bu otelda qadimgi davrlarda samuraylar uçun qönoq vazifasini ötagan, şuningdek, uning atrofidagi issiq buloqlar kişilarni jalb qilgan. Bu yerga mehmon bölgan maşhurlar orasida feodal, segun Tokugava Ieyasu hamda Yaponiyaning 46-imperatori Kouken nomlari ham bor.

Bu mehmonxonadagi nomerlar an'anaviyligini saqlab qolgan. Xonada bitta mebel hamda polda bir tatami böladi. Ba'zilarida esa katta bölmagan basseyn ham bor. Qayd etilişiça, bugungi kunda mehmonxonada bir kunga xona oliş örtaça 460 dollarga tuşadi.

Dunyodagi eng qadimiy mehmonxonalarning ikkinçisi ham Yaponiyada joylaşgan. Xonsyu orolidagi Komatsu şahrida 718 yili qurilgan Hōshi Ryokan mehmonxonasi şunday nomga sazovor.

Ötgan asrlar davomida bu mehmonxona Xoşilar oilasiga tegişli bölgan. Ryokan uslubidagi bu mehmonxonada tomlarning burçaklari qayrilma böladi. Xonalarning barçasiga somon töşamalar solingan, mijozlaş şunday töşamalarda uxlaşadi. Har bir xonada an'anaviy çoy damlaş marosimini amalga oşiriş uçun çoynak-piyola va stolça bor. Bunday mehmonxonalarda hojatxonalar umumiy böladi. Eng arzon nomer narxi bir keça uçun 86 dollar.

Dunyodagi eng qadimiy mehmonxonalarning uçinçisi Avstriyadagi Steffner-Wallner oteli. Bu mehmonxona 1027 yilda, Mauterndorf şahri markazida barpo etilgan. Uni Gans va Germi Şteffner-Vallner boşqaradi. Mehmonxonadagi barça xonalar soni 19ta. Oxirgi marta bu yerda ta'mirlaş işlari 2015 yilning kuzida amalga oşirilgan. Har bir xonada duş, televizor va Wi-Fi bor. Bu mehmonxonada bir keça tunaş uçun narxlar 88 dollardan boşlanadi.

Şuningdek, Belmond Hotel Caruso (Italiya, 1050 yil), Otterburn Castle Country House (Buyuk Britaniya, 1086 yil), Doktorschlössl (Avstriya, 1116 yilda), Zum roten Bären (Germaniya, 1120 yilda) kabi mehmonxonalar dunyoning eng qadimiy mehmonxonalari qatorida sanab ötilgan.