Amerikalik yozuvçi ayol Xarper Li odatiy aviakompaniyalarda faoliyat yuritgan.
1956 yilda u döstlaridan: “Senda özing istagan narsani yozişing uçun bir yillik mehnat ta'tili bor. Yangi yil bilan!” degan xat oladi.
Xarperning döstlari unga bir yillik tölangan ta'tilni sovğa qilişadi va natijada “Masxara qiluvçini öldiriş” romani dunyoga keladi. Asar dunyo böylab 30 million nusxada bosib çiqarilib, köp tillarga tarjima qilingan.
Şu yilning 19 fevral kunida Xarper Li vafot etdi. Keling, uning kelajak avlodga meros bölib qoluvçi muhim mulohazalarini yodga olamiz:
• Barça narsani bilişingni körsatiş şart emas... Insonlarga kimningdir özini aqlliroq tutişi yoqmaydi.
• Agar sen muloyim bölsang, boşqalar bilan özing qiziqqan emas, balki ularga qiziqarli bölgan narsalar haqida suhbatlaş.
• Insonning nuqtai nazaridan boqmay turib, uni çinakamiga tuşuna olmaysan. Uning tanasiga kirib, u orqali yuriş kerak.
• Şunçaki şunday insonlar borki, boqiy dunyo haqida haddan ziyod köp öylab, foniy dunyoda qanday yaşaş kerakligini heç qaçon bila olişmaydi.
• Dunyoda insonlar bilan yaşaşdan avval, öz-özim bilan yaşab körişim lozim.
• Deyarli barça inson ularni oxir-oqibat tuşunib yetganingda yaxşi böladi.
• Agar yoş bola sendan biron narsa sörasa, olib qoçmay, javob ber. Aldama ham. Bolalar öz nomi bilan bola, biroq ular hiyla-nayrang farqlaşda kattalardan qolişmaydi. Va bu ularni fikrlaşdan çalğitadi.
• Barça bolalar ma'lum yoşga yetgaç urişişni boşlaydi, ammo urişiş bilan heç kimni lol qoldira olmasligini tuşunganda, katta yoşga kirgan bölişadi.
• Tongda doimo hamma narsa qörqinçli emasdek tuyuladi.
• Insonlarda ğalati bir odat bor: eng hayratlanarli vaziyatlarda ular özlarini heç nima bölmagandek tutişadi.
• Kimdandir nafratlansang, közinga heç nima yaxşi bölib körinmaydi.
• Xilma-xillik uçun muşting bilan emas boşing bilan kuraş.
• Dovyuraklik – bu mağlub bölganingni avvaldan bilsang ham, işni yakuniga yetkaziş va heç narsaga qaramay olğa boriş. Kamdan-kam ğolib bölasan, lekin ba'zida baribir ğalaba qozonasan.







