Uç oydan buyon Rossiyada «Matç TV» telekanali işlab kelmoqda. Bu vaqt davomida telekanal öz sözini aytib ulgurdi. Unda sport olamidagi katta musobaqalar namoyiş etilmoqda. Uçta futbol kanali esa Yevropaning kuçli çempionatlari öyinlarini yoritadi. Chempionat.com sayti «Matç TV»da eng köp uçraşuv şarhlagan jurnalistlarning röyxatini tuzdi. Röyxatdagilarni telekanal rahbari Tina Kandilakining yoqimtoylari deb ataşdi.


9-10. Roman Truşeçkin. 7ta öyin şarhlagan. 1996 yildan buyon futbol şahrlaydigan Truşeçkin Angliya va Fransiya çempionatlari öyinlarini şarhlab boradi.


9-10. Georgiy Çerdantsev. 7ta öyin. NTVda yulduz bölgan Çerdantsev yangi telekanalda unçalik köp öyinlarda işlagani yöq. Uning «bufonişşe» deb baqirişi taşrif qoğoziga aylangan.


7-8. Vladimir Stogniyenko. 8ta öyin. Roma Angliya çempionati öyinlarida işlaydi. Avallari u Ispaniya çempionati va Ispaniya kubogi öyinlarini şarhlab borardi.


7-8. Nobel Arustamyan. 8ta efir. Nobelitto telekanalning ekspertlaridan bölib, Italiya çempionati öyinlarini şarhlaydi.


5-6. Aleksandr Şmurnov. 9ta efir. Qariya avval faqat Italiya çempionatida işlardi, hozir esa Angliya va Fransiya çempionatida ham faol işlamoqda.


5-6. Konstantin Geniç. 9ta efir. Sobiq futbolçi bölgan Geniç şubhasiz NTVning eng yaxşi şarhlovçisi edi. Yangi telekanalda ham unga asosiy öyinlarni işonişadi.


4. Roman Gutsayt. 12ta efir. Telekanalning eng bama'ni xodimi. U heç qaçon qaysidir futbolçining ustidan kulmaydi. Emotsiyani qanday taqsimlaşni biladi.


3. Yuriy Rozanov. 13ta efir. Angliya çempionatida işlaydigan Rozanov çuqur tahlili bilan boşqalardan ajralib turadi.


2. Denis Kazanskiy. 15ta efir. Kazanskiy boşqalarga öxşab faqat axborot bermaydi, lekin uning ovozi futbol uçun yaralgandek. U şubhasiz ayni vaqtda telekanalning eng yaxşi futbol şahrhlovçisi.


1. Aleksandr Tkaçev. Bu reytingdagi yagona futbol şarhlamaydigan jurnalist. U 1988 yildan buyon xokkey şarhlab keladi. Tina uning ovozini yoqtiradi va şu sabab Saşa qisqa vaqtda 22ta öyin şarhlagan.