Qaşqadaryo viloyatining Koson tumani Yangiobod tumanida istiqomat qiluvçi Madrahim Nodirov öz ukasi, qarindoşlari va mahallasidagi yana bir neça yigitni Qozoğiston Respulikasiga işlaşga çaqirib, ularni qozoq millatiga mansub fuqaroga sotib yuborgan. Bu haqida “Huquq” naşri xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, ayblanuvçi Qozoğistonga kelgan yaqinlari va mahalladoşlarining har biri uçun 300 AQŞ dollaridan pul olgan. Bundan bexabar yigitlar iş beruvçining qölida oylab mehnat qilganlar, biroq bir söm ham iş haqi olmaganlar. Bir neça oylik azoblaridan söng yurtiga qaytgan yigitlar Madrahim Nodirov ustidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga şikoyat qilgan.
Jinoyat işlari böyiça Qarşi tumani sudi ayblanuvçi Madrahim Nodirovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.






