Los-Anjyeles şahrida, Dolby Theatre saroyi zalida 88 marta Gollivudning har yilning eng yaxşilari uçun "Oskar" mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötmoqda. Marosim ABC kanalidan translyatsiya qilinmoqda.
Britaniyaliklar tomonidan taqdim etilgan, qöşiqçi Emi Uaynhausning hayoti haqida hikoya qiluvçi "Emi" filmi Amerika kinoakademiyasi tomonidan "Oskar" kinomukofotiga sazovor körildi.

Bu yönalişdagi ğoliblik uçun isroillik rejissyor Yevgeniya Afineyevskiyning “Alanga içidagi qiş: Ukraina ozodlik uçun” filmi, hujjatli vestern janridagi “Kartellar zamini”, daniyaliklarning “Sukunat nigohi” nomli filmi, amerikalik qöşiqçi Nine Simon hayoti haqidagi “Miss Simon, nima böldi?” filmi da'vogarlik qilgandi.
AQŞ kinematografiya ilmi va san'ati böyiça mukofot har yili 24 nominatsiya böyiça topşiriladi. Sovrindorlar qölida qiliç uşlab, kinoplenka ğaltagi ustida turgan Ritsar şaklidagi haykalçani qölga kiritişadi.






