Germaniyada boşpana izlovçilarning soni 1,2 millionga yetgan bölsa ham, nemis kansleri muhojirlar muammosini hal etişga tanlagan yölining töğri ekanligiga şubha qilmayapti.
Germaniya kansleri Angela Merkel ARD telekanaliga bergan intervyusida, migratsiiya inqirozi özining boşqaruv faoliyati davomida (2005 yildan buyon) duç kelgan eng oğir muammo ekanini tan oldi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Dunyodagi muhim siyosiy va iqtisodiy hodisalarda iştrok etadigan Angela Merkel sönggi paytlarda, ayniqsa, muhojirlar inqirozi yuzasidan olib borayotgan işlari tufayli Germaniyada qattiq tanqidga uçrayapti.







