Rimning "Roma" jamoasi rahbari Jyeyms Palotta "börilar"ga köp yillardan buyon sardor sifatida öynab kelgan tajribali hujumçi Françesko Tottining bundan keyin ham köp yillar davomida jamoada qolişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq, 39 yoşli uşbu hujumçi mahalliy telekanallardan biriga "özining öyinlarga kam tuşirilayotgani"dan hamda yangi boş murabbiy Luçano Spaletti öziga iliq munosabatda bölmayotganidan şikoyat qilib, intervyu bergandi. U vaziyat özgarmasa, jamoani tark etişi mumkinligini qöşimça qilib ötgan.
Şundan söng, boş murabbiy uni 26 tur doirasida "Palermo"ga qarşi keçgan öyin qaydnomasiga kiritmadi va uyiga jönatib yubordi.
"Barça Totti haqida öz taxminlarini bildirişga urinmoqda. U "Roma"da qoladi. Uzoq yillarga. Men bu futbolçini yoqtiraman", deydi Pallotta
Bundan taşqari, prezident boş murabbiy Luçano Spaletti haqida ham yaxşi fikrlar bildirgan va uni "fantastik darajadagi murabbiy" deya atagan.
Bundan oldinroq, prezidentning Totti bilan muzokaralar ötkazgani va unga jamoa rahbariyatidan iş taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Totti 6ta öyin ötkazdi va 1 gol urib, bir golli uzatma muallifi böldi. Uning amaldagi şartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Françesko Totti: Vaziyat özgarmasa «Roma»da qola olmayman
"Roma" prezidenti Tottiga şartnomani uzaytiriş yoki yordamçi murabbiy bölişni taklif etmoqda
Luçano Spalletti: «Tottini tuşirmoqçi edim, lekin biz öz maydonçamizdan çiqolmay qoldik»






