YouTube’dagi "AsapSCIENCE" ilmiy kanali barça internet foydalanuvçilarga özlarining eşitiş qobiliyatlarini bepul sinab körişni taklif qilmoqda. Buni esa "Sizning quloğingiz qançalik qari" deb nomlangan tovuşli videorolikni körib amalga oşiriş mumkin. Uşbu sinov 20 yoşdan 50 yoşgaça bölganlar uçun möljallangan.
Olimlarning ta'kidlaşlariça, inson yoşi va uning eşitiş qobiliyatini turli çastotalardagi tovuşlarni farqlay oliş qobiliyatlaridan aniqlaş mumkin. Rolikdagi tovuş qatori 8 mingdan 19 ming gersgaça oşib boruvçi çastotaga ega audioyozuvdan iborat. Ma'lum çastotada sinaluvçi tovuşni eşitişdan töxtaydi. Bu yuz beradigan çastota uning yoşi va eşitiş qobiliyatidan darak beradi.
Olimlarning şakalasi böyiça, agar siz 19 ming gersdan yuqoriroq çastotadagi tovuşni eşitsangiz, unda siz hali 20 yoşga tölmagan bölasiz. Agar 18 ming gersli tovuşni eşitsangiz 24 yoşdan kiçiksiz, 16 ming gers bölsa hali 30 yoşga tölmagan bölasiz. Agar siz 15 ming gerslik tovuşni eşitsangiz, unda sizning yoşingiz 40 atrofida, agar 12 ming gerslik tovuşni eşitsangiz, unda siz 50 dan yoşroqsiz. 20 mingdan 22 ming gersgaça bölgan tovuşlarni esa faqatgina bolalar eşitişadi.






