AQŞda praymeriz natijalariga köra, prezidentlik uçun Hillari Klinton va Donald Tramp kuraşişi oydinlaşdi.

1 mart kuni «superseşanba» doirasida bir yöla 11 ştatda saylovlar ötkazildi.

Milliarder-respublikaçi Donald Tramp ekzit-pollarga köra, Jorjiya, Vermont, Virjiniya, Alabama, Massaçusets, Tennesi va Arkanzas ştatlarida ğolib böldi. Uning raqiblaridan biri Ted Kruzni Oklahoma va Texasda qöllab-quvvatlaşgan. Yana bir respublikaçi Marko Rubio esa faqat Minnesotada ustunlik qilgan.

Demokratlar örtasida esa Hillari Klinton raqibi Sandersni ortda qoldirdi. Uni Jorjiya, Virjiniya, Alabama, Tennessi, Arkanzas, Massaçusets va Texasda köproq saylovçilar qöllaşgan. Berni Sanders esa Vermont, Oklahoma, Minnesota va Kolaradoda ustunlik qilgan.

Alyaskadagi kokus (yopiq partiya yiğini) natijalari esa hali ma'lum emas.

Keyingi dam oliş kunlarida yana tört ştat ovoz beradi.