Braziliya politsiyasi Facebook kompaniyasining Lotin Amerikasidagi bölimi vitse-prezidenti Diyego Dzodanni qölga oldi. Bu haqda Estadao naşri xabar bermoqda.
Ma'lum qilişlariça, kompaniya sudning hukmiga qaramasdan mahalliy hukumatga giyohvand moddalarining aylanişi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etmagan.
Braziliya OAVning aytişiça, politsiya kompaniyadan WhatsApp messenjirdan foydalanadigan gumonlanuvçilar töğrisida ma'lumot söragan. Servisga egalik qiluvçi Facebook esa uşbu talabni bajarmagan.






