Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vazirligidan ma'lum qilişlariça, joriy yilda 8 ming 200 gektardan köproq maydonda yangi boğ, 5 ming 800 gektarda uzumzor yaratiladi. Tuman va şaharlar markazi, aholi turar joylari, yöl böylari va xiyobonlarga minglab köçat va qalamçalar, gullar va butalar ekiladi.
Jumladan, akademik M.Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti bahorda joylarga yetkazib beriş uçun 4 million donadan köproq manzarali va mevali daraxt, tok hamda gul köçatlarini tayyorladi.
Joriy yildan institut va uning filiallaridan xarid qilingan har bir köçat uçun nav guvohnomasi ham taqdim etilmoqda. Bu niholga öziga xos kafolatdir. Bozordan köçat olgan kişi tajribali dehqon bölmasa, aldanib qolişi mumkin. Masalan, şaftoli va örik köçatlari bir-biriga öxşagani bois hamma ham ularni darrov ajratolmaydi, deb yozadi Özbekiston milliy axborot agentligi.






