«Real» jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumçisi Kriştianu Ronalduning OAV orqali öz jamoadoşlarining jismoniy formasi haqida tanqidiy fikrlar bildirganiga nisbatan munosabatini bildirib ötdi.

«Ötib bölgan «Atletiko»ga qarşi öyindagi holatlarni kovlaş şart emas. Bu öyin ötmişda qoldi. U derbi bölsa ham, qançalik muhim bölsa ham, bir öyin edi.

Endi biz olğa harakatlanişimiz va keyingi öyinlar haqida öylaşimiz kerak.

Kriştianu barça bilan, men bilan ham, jamoadoşlari bilan ham gaplaşib oldi. Bu muammo ötmişda qoldi. Biz barçamiz uning jamoadagi muhim öyinçi ekanini şundoq ham bilamiz va uni qöllab-quvvatlaymiz. Bu mavzu yopildi, uni özimiz hal qildik. Jamoa bilan.

Xames borasida töxtaladigan bölsam, u özi haqdagi turli gaplarşa e'tibor qaratayotgani yöq. U maşğulotlarda bor kuçi bilan harakat qilmoqda.

Men uni nimadadir ayblamoqçi emasman. U öz ustida işlaşda davom etişi kerak. Bu gap nafaqat unga, barçaga taalluqli.

Isko yoki Xamesni natijalar uçun ayblaş oson, ammo barçamiz bir qayiqdamiz. Toki men bu jamoada boş murabbiy ekanman, kuraşda davom etamiz», – deydi Zidan.

Kriştianu Ronaldu: Agar butun jamoa mening darajamda öynaganda, "Real" birinçi örinda ketayotgan bölardi

Goal.com: Ronaldu «Real»ning maşğuloti vaqtida jamoadoşlaridan uzr söradi

«Real» mavsum yakunida yarim himoyaçilaridan birini sotib yuborişni rejalaştirmoqda