Özbekiston oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligida 29 fevral kuni Koreya fan va texnologiyalar instituti (KAIST – Korea Advanced Institute of Science and Technology) delegatsiyasi bilan bölib ötgan uçraşuvda KAIST biznes-maktabining Özbekistondagi filialini taşkil etiş masalasi muhokama qilindi.

Delegatsiya rahbari muayyan kelişuvga erişilgan taqdirda Toşkent şahrida KAIST filiali oçilişini ma'lum qildi.

Vazirlik axborot xizmatining xabariga köra, dastlabki bosqiçda moliya fakultetiga 200 nafar talabani qabul qilinadi.
Şuningdek, filialda iqtisodiyot fakulteti oçilişi ham rejalaştirilmoqda.

Delegatsiya a'zolari Özbekistonda bu kabi öquv muassasalarini oçiş şart-şaroitlari va Özbekiston fuqarolari uçun maqbul bölgan tölov miqdori, kvotani töldiriş masalalari bilan qiziqdilar.

KAIST muhandislik va texnik tayyorgarlikka ihtisoslaşgan institut bölişiga qaramay, unda moliya va bank işi, xususan, xususiy sektorni moliyalaştiriş, korporotiv moliyalaştiriş, moliyaviy marketing va boşqa sohalar böyiça ham mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning Janubiy Koreya poytaxti va boşqa şaharlaridagi bölimlarida beş mingga yaqin talaba tahsil oladi.

KAIST Oliy boşqaruv maktabi, moliya va buxgalterlik hisobi oliy maktabi, Informatsion texnologiyalar va OAVni boşqariş Oliy maktabi, Tabiatni muhofaza qiliş oliy maktabi yönalişlarida talabalarga ta'lim beradi.